Kompaniya haqida
Max Balance haqida
Buxgalteriya dunyosida ishonchli hamkor
2016 yilda tashkil etilgan
Bizning hikoyamiz
Bizning hikoyamiz oddiy g'oyadan boshlandi: buxgalteriya xizmatini qulay va sifatli qilish. 10 yil ichida kichik kabinetdan haqiqiy kompaniyaga aylandik, 25 mutaxassis bilan. Bizning tariximiz oddiy g’oyadan boshlangan: buxgalteriya xizmatini haqiqatan ham sifatli va professional darajaga olib chiqish. 10 yil ichida biz kichik bir kabinetdan 25 nafar mutaxassisdan iborat to’laqonli kompaniyaga aylandik. Ammo shu yillar davomida o’zgarmagan bir narsa bor — bu bizning yondashuvimiz. Biz hech qachon shablon bo’yicha ishlamaymiz. Har bir kompaniya biz uchun o’ziga xos tarix, o’ziga xos jarayonlar va vazifalarga ega alohida hikoya. Hisobni yuritishga kirishishdan oldin biz mijoz biznesini chuqur o’rganamiz: ma’lumot to’playmiz, kompaniya tarixini tahlil qilamiz, soha xususiyatlari va real biznes-jarayonlarga chuqur kirib boramiz. Aynan shu sababdan biz mijozni standart buxgalteriya sxemalariga moslashtirmaymiz — aksincha, hisobni mijozga moslashtiramiz. Bunday individual yondashuv bizga faqat raqamlarni emas, balki butun biznesni ko’rish imkonini beradi, xavflarni o’z vaqtida payqash va aynan ushbu kompaniya uchun haqiqatan ishlaydigan yechimlarni taklif qilish imkonini yaratadi. 10 yil davomida biz nafaqat raqamlarda o’sdik — biz sifatli hisobning boshlanishi buxgalteriya yozuvlaridan emas, balki mijoz biznesini chuqur bilishdan boshlanishini anglab yetdik.
10+
yil bozorda
25
mutaxassislar jamoasida

Bizning qadriyatlar
Halollik
Biz qatiy ravishda O'zbekiston Respublikasi qonunlari doirasida ishlaymiz. Biz har doim turli xil yechimlarni o'rganamiz va eng maqbulini tanlaymiz — talablarni chetlab o'tish emas, balki huquqiy optimallashtirish.
Sifat
Har bir hisobot topshirishdan oldin bir necha marta tekshiriladi.
Innovatsiyalar
Biz zamonaviy hisobot tizimlaridan foydalanamiz.
Hamkorlar
OOO AXON LOGIC
OOO NOVA MAX
Buxgalteriyani ishonchli qo'llarga topshirishga tayyormisiz?
Ariza qoldiring va mutaxassisimiz bir soat ichida bepul maslahat uchun siz bilan bog'lanadi